IIV uyi yonganini aytib, odamlardan pul yig‘gan bloger bilan bog‘liq mojaro yuzasidan izoh berdi

IIV uyi yonganini aytib, odamlardan pul yig‘gan bloger bilan bog‘liq mojaro yuzasidan izoh berdi
  • 0
  • 25.12.2025 11:22:00
  • 1 daq o'qish

Ichki ishlar vazirligi uyini ta’mirlash uchun mablag‘ yig‘ib, keyinchalik avtomobil sotib olgani bilan jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan 19 yoshli bloger holatiga izoh berdi. Ma’lum qilinishicha, bloger qiz dekabr boshida uyining yonib ketgani haqida video joylab, uni tiklash uchun obunachilaridan yordam so‘ragan. Oradan vaqt o‘tib, u Kia rusumli avtomobil sotib olganini ma’lum qilib, video e’lon qildi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda keskin munozaralarga sabab bo‘ldi. Keyinroq bloger avtomobil sovg‘a qilinganini tan oldi. IIVga ko‘ra, bloger bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. U bu harakatlarni obunachilar sonini oshirish va ijtimoiy tarmoqlarda manfaat ko‘rish maqsadida qilganini tan olgan. Vazirlik hozircha blogerning xatti-harakatlari yuzasidan rasmiy shikoyatlar kelib tushmaganini bildirdi. Fuqarolardan murojaatlar bo‘lsa, holat qonun doirasida ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News