Namangan shahar hokimi 60 ming dollar pora bilan ushlandi

Namangan shahar hokimi 60 ming dollar pora bilan ushlandi
  • 0
  • 02.09.2025 11:37:00
  • 1 daq o'qish

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev va uning hamkorlari qo‘lga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hokim va poyabzal ishlab chiqaruvchi MChJ rahbari tadbirkorga shahar hududidagi 35 sotix yer maydonida eski uylar o‘rniga ko‘p qavatli bino qurilish huquqini olib berish evaziga 60 ming dollar talab qilgan. Pulni hokimlik devonxona mudiri orqali olish jarayonida ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Otaxo‘jayev deputatlik daxlsizligidan mahrum qilinib, qamoqqa olingan. U va hamkorlariga Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra ish qo‘zg‘atildi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News