• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

O‘zbekistondagi ta’lim darajasi past bo‘lgan maktablar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistondagi ta’lim darajasi past bo‘lgan maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
  • 2
  • 24.06.2023 09:26:00

O‘zbekistondagi ta’lim darajasi past bo‘lgan maktablar ro‘yxati e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2023-2024 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar to‘lanadi.

Bunda:

  • bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
  • boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi.

Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglar jalb qilinadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

manba: Xabar.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News