• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Onlayn mahalla” elektron platformasiga 1 mln 200 mingta kambag‘al oila ro‘yxati kiritildi

“Onlayn mahalla” elektron platformasiga 1 mln 200 mingta kambag‘al oila ro‘yxati kiritildi
  • 8
  • 08.11.2023 07:43:00

“Onlayn mahalla” elektron platformasiga 1 mln 200 mingta kambag‘al oila ro‘yxati kiritildi

1 mln 200 mingta kambag‘al oila ro‘yxati shakllantirilib, “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritildi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida 2023-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha amalga oshirgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, Hokim yordamchilari tomonidan har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlar ishlab chiqilib, “Onlayn mahalla” platformasiga joylashtirildi.

Bundan tashqari, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha reglament tasdiqlandi.

Yil yakuniga qadar respublikamizda 127 500 ta oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko‘rilmoqda.

Hozirda Xalqaro mehnat tashkilotining "Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risida"gi Konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasi o‘rganildi.

 

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News