- 2
- 30.03.2023 13:52:00
Yoshlar o‘rtasidagi JCh mezboni o‘zgaradi
FIFA 2023-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatini Indoneziyadan ko‘chirishga va mezbonlarni chetlatishga qaror qildi. Bunga mezbonlarning Isroil termasini musobaqaga qo‘ymaslikni ma’lum qilgani sabab bo‘lgan. Yangi mezbon davlat keyinroq e’lon qilinishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, JChda Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar jamoasi Osiyo chempioni sifatida ishtirok etadi. Turnir joriy yilning 20-mayidan 11-iyunigacha Indoneziyada o‘tkazilishi kerak edi.