
- 7
- 09.11.2023 07:40:00
Surxondaryoda avtomagistral yo‘l va ayrim xonadonlarni suv bosdi
Kecha 8-noyabr kunning ikkinchi yarimida M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Boysun tumani “Chilonzor” mahallasidan o‘tgan qismida sel-suv toshqinlari yo‘lning qatnov qismiga chiqqan va ayrim xonadonlarni ham suv bosgan.
“Hodisa joyiga tuman hokimligi, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari xodimlari yetib borishgan va vaziyat nazoratga olingan. Hozirda sel-suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, yo‘ldagi loy-shag‘al aralashmasini tozalash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, FV xodimlari tomonidan yo‘l bo‘yida joylashgan ayrim xonadonlar va boshqa ob’yektlarda suv to‘plamlarini tozalash ishlari davom ettirilmoqda”, -- deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo'q.
Joriy yil 8-9 noyabr kunlari kuchli yomg‘irlar natijasida sel-suv toshqinlari kelishi oqibatida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan zarur ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.