
- 0
- 12.02.2024 14:49:00
O‘zbekistonda eng baland tomosha charxpalagi o‘rnatildi
Namangandagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida O‘zbekistondagi eng baland tomosha charxpalagi o‘rnatildi. Uning balandligi 92 metrni tashkil etadi. Charxpalak jami 54 ta kabinaga ega bo‘lib, bir paytning o‘zida 216 kishiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Aylanish davri esa 20 daqiqadan ko‘proq.
Charxpalakning eng yuqori nuqtasidan hatto qo‘shni Andijon tomonlarni ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, charxpalakni olib kelib, o‘rnatish xarajatlari o‘rtacha 1 million dollarni tashkil etgan.