
- 2
- 27.09.2023 16:06:00
Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29 sentyabr kuni chaqiriladi
Senatorlar farmasevtika faoliyati va yer qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartishlar, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik kodekslariga qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, "Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi qonun va boshqalarni muhokama qiladi.
Joriy yilning 27 sentyabr kuni Senat Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Senatning qirq beshinchi yalpi majlisini 2023 yilning 29 sentyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qayd etilganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
"Pedogogning maqomi to‘g‘risida"gi, "Farmasevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi, "Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi, "O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi munosabati bilan "Metrologiya to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, "O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, yalpi majlisda "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan "Prokuratura to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida"gi, "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonunlar muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash, Senat Kengashining qarorlarini tasdiqlash masalalarini ko‘rib chiqadi.
Manba: uznews.uz