• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Dyuna 3” filmining ilk treyleri chiqdi

“Dyuna 3” filmining ilk treyleri chiqdi
  • 1
  • 18.03.2026 12:58:00

“Dyuna 3” filmining ilk treyleri chiqdi

“Dyuna 3” muxlislari uchun kutilgan yangilik — filmning birinchi treyleri taqdim etildi.

“Dyuna 3” hikoyasi avvalgi qism voqealaridan davom etadi. Film “Dyuna missiyasi” asari asosida suratga olingan bo‘lib, unda Pol Atreydes hokimiyat tepasiga kelganidan keyingi voqealar tasvirlanadi. U imperatorga aylanadi va o‘z g‘alabasi hamda boshlagan muqaddas urushining oqibatlari bilan yuzlashadi.

Filmda yana o‘z rollariga Timoti Shalame, Zendaya, Florens Pyu, Rebekka Fergyuson, Xavyer Bardem va Jeyson Momoa qaytgan.

Yangi aktyorlar tarkibiga esa Anya Teylor-Joy, Robert Pattinson, shuningdek Nakoa-Volf Momoa va Ida Bruk qo‘shilgan. Ular Pol va Chani farzandlari rollarini ijro etadi.

Film premyerasi 2026-yil 18-dekabrga rejalashtirilgan.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News