
- 0
- 31.07.2025 08:28:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellekt asosida ishlaydigan zamonaviy piyodalar o‘tish joyi Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida tashkil etildi.
Yangi tizim piyodalar harakatini xavfsiz va samarali tashkil qilishga xizmat qiladi. U orqali harakatlanayotgan odamlar sun’iy intellekt orqali aniqlanadi va yo‘l harakati avtomatik tartibga solinadi.
Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, ushbu texnologiya viloyatning boshqa hududlarida ham, respublika miqyosida ham joriy etilishi rejalashtirilgan.