• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

G'azo sektoriga birinchi gumanitar yordam yetib keldi

G'azo sektoriga birinchi gumanitar yordam yetib keldi
  • 4
  • 23.10.2023 07:56:00

G'azo sektoriga birinchi gumanitar yordam yetib keldi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Favqulodda yordam koordinatori Martin Griffits 7-oktabr kuni Xamas jangarilarining Isroilga qilgan qonli hujumlaridan so‘ng janglar boshlanganidan beri birinchi bo‘lib G‘azoga insonparvarlik yordami karvonining yetib kelganini olqishladi.

20 yuk mashinasidan iborat karvon Misr bilan chegaradagi Rafah punktidan o‘tib, Misr Qizil yarim oy jamiyati va BMT agentliklari tomonidan G‘azoliklarga sovg‘a qilingan yordam yuklarini yetkazib berdi.

Bir necha kun kutishdan so‘ng gumanitar karvonga chegaradan o‘tishga ruxsat berildi. G'azoda ushbu yordamni Falastin Qizil Yarim oy xodimlari tomonidan qabul qildi.

Martin Griffits yordamning birinchi yetkazib berilishi G‘azo aholisini oziq-ovqat, suv, dori-darmon va yoqilg‘i kabi zaruriy mahsulotlar bilan ta’minlash uchun doimiy va xavfsiz yo‘l ochishiga umid bildirdi. 

Bu haqda BMTning Favqulodda yordam koordinatori X'dagi sahifasida yozgan.

Manba: xabardor.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News