
- 1
- 28.05.2024 15:30:00
O‘zbekistondagi birinchi besh yulduzli mehmonxona sotuvda
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkentdagi International mehmonxonasi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish boshlanganini e’lon qildi.
Mehmonxona 232 ta xona, 7 ta konferens zal, 2 ta restoran, barlar, yozgi terrasa, fitnes-klub va basseynni o‘z ichiga oladi. Umumiy 3 gektar yer maydonida 44,903 kvadrat metr bino va inshootlar joylashgan.
Prezident qaroriga ko‘ra, 7 ta yirik kompaniyadagi, shu jumladan, Inter Hotel MCHJdagi davlat ulushlari professional konsultantlarni jalb qilgan holda, 2025-yilning oxirigacha xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangandi.