
- 3
- 27.09.2023 10:00:00
Quyosh panellari orqali olingan elektrni davlatga 1000 soʼmdan sotsa boʼladi
Oʼzbekistonda quyosh panellarini oʼrnatganlik uchun imtiyozlar beriladi.
Oʼzbekiston tarixida birinchi marta aholi xonadonida oʼrnatilgan quyosh panellari yordamida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat tomonidan sotib olish amaliyoti yoʼlga qoʼyildi.
Quyosh panellari va suv isitish qurilmalaridan foydalanilganda elektr va issiqlik energiyasi tekinga olinadi. Quyosh panellari orqali elektr energiya ishlab chiqarilganda atrof-muhitga hech qanday zararli gazlar chiqmaydi. Eng asosiysi, quyosh panellari va suv isitish qurilmalari oʼrnatilgan paytdan eʼtiboran daromad olib kela boshlaydi. Bunday qurilmalar binolarning tom qismida hamda boʼsh yer maydonlarga oʼrnatilgani uchun ishlash jarayonida hech qanday shovqin boʼlmaydi. Zamonaviy vositalar xonadonni uzluksiz elektr energiyasi va issiq suv bilan taʼminlash imkonini beradi.
Bu qurilmalarni oʼrnatish juda oson va uzoq yillar texnik xizmat koʼrsatish ham talab etilmaydi. Chunki mazkur qurilmalar maxsus sinov laboratoriyalari tekshiruvidan oʼtkazilgan holda oʼrnatilishi sababli oʼrtacha 20-25 yil davomida xizmat koʼrsatadi. Xonadon egasi ehtiyojidan ortgan qismini elektr tarmoqlari korxonasiga sotib daromad qilishi ham mumkin. Bunda jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday soliq toʼlovlari amalga oshirilmaydi.
Аmmo bir narsani unutmaslik kerakki, ushbu yangi yoʼnalishni rivojlantirish, sohaga sarmoya kiritish, yirik xorijiy hamkorlarni jalb qilish uchun energetika sohasi bozor mexanizmlari asosida ishlayotgan boʼlishi kerak. Yoʼqsa yoki investorlar umuman kelishdan bosh tortadi, yoki yana barcha zarar davlat byudjetining zimmasiga tushadi.
Manba: Uznews