
- 2
- 17.10.2024 08:18:00
Afg‘onistondagi zilzila Surxondaryoda sezildi
16-oktabr kuni Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 36,56 gradus shimoliy kenglik; 70,54 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — M 5,8. Chuqurlik — 200 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 536 km janubiy-sharqda. Zilzila O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida 2 ball kuch bilan sezilgan.
Avvalroq sentabr oyi boshida Toshkentda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.