- 1
- 16.12.2024 13:49:00
Samarqanddagi byuti bloger o‘limi ko‘pchilikni shubhaga solmoqda
Samarqandda o‘zini 8-etajdan tashlab vafot etgani aytilgan yosh kelinchak va byuti blogerning o‘limi jamoatchilikda shubha uyg‘otmoqda.
Shuningdek, marhumaning yaqinlari bilan yozishganlari ham keng tarqatilib, bu ishni chuqurroq o‘rgangan holda oydinlik kiritilishi talab qilinmoqda.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov 23 yoshli byuti bloger o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangani, tergov har tomonlama va xolis olib borilishi, jamoatchilik xabarlari o‘rganilishini ma’lum qildi.