
- 0
- 13.04.2026 17:56:00
- 1 daq o'qish
13-aprel kuni Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnesning rekordlar kitobiga eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi sifatida kiritildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi. Mazkur inshoot Hazrati Imom majmuasi hududida 10 gektar maydonda qurilgan. Bino 3 qavatdan iborat bo‘lib, uzunligi 161 metr, eni 118 metr, gumbazi esa 65 metr balandlikka ega. Umumiy maydoni 42 ming kvadrat metrdan oshadi. Markazda katta ko‘rgazma zali, 550 o‘rinli anjumanlar zali, kutubxona va ilmiy markazlar joylashgan. Shuningdek, bu yerda Usmon Mus’hafi bilan birga turli davrlarga oid 114 ta noyob Qur’on qo‘lyozmasi saqlanadi. Markaz xalqaro nashrlar tomonidan ham yuqori baholanib, 2026-yilda dunyodagi eng ko‘p kutilgan muzeylardan biri sifatida e’tirof etilgan. Uning tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning islom sivilizatsiyasining boy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbusidir.