• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Samarqanddagi oltin koni shaxtasidan 20 va 24 yoshli yigitlarning jasadi topildi

Samarqanddagi oltin koni shaxtasidan 20 va 24 yoshli yigitlarning jasadi topildi
  • 2
  • 03.07.2023 08:01:00

Samarqanddagi oltin koni shaxtasidan 20 va 24 yoshli yigitlarning jasadi topildi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” kompaniyasining Janubiy kon boshqarmasiga qarashli Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi Zarmitan oltin konida 28-iyun kuni soat 03:30 atrofida ikki yigitning og‘ir tan jarohati olgan holatdagi jasadi topildi.

Qayd etilishicha, 20 va 24 yoshli yigitlarning jasadlari kon ishchilarining kiyimida va yonlarida ikkita qopda jami 94 kilogramm og‘irlikdagi maʼdan toshlar bo‘lgan holda topilgan. Ularning tarkibida oltin bo‘lgan maʼdanli toshlarni talon-toroj qilish uchun g‘ayriqonuniy ravishda kirgani taxmin qilinmoqda.

Jasadlarni 2-maʼdan yuklash punktiga borib qaytayotgan mashina operatori A.S. aniqlagan. Birlamchi maʼlumotlarga ko‘ra, operator kabinasi mashinaning yon tomonida joylashgan, uning harakat yo‘nalishi qarama-qarshi yon tomonga bo‘lgani sabab ko‘rish radiusida bo‘lmagan joyda yotgan vaqtda bosib o‘tgan bo‘lishi mumkin.

Taʼkidlanishicha, hodisa joyiga tezkor tergov guruhi aʼzolarini hamda Qizilqum kon texnika inspeksiyasi mutaxassislari chiqishi taʼminlangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Halok bo‘lgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan — 24 yoshli SH.A. va 20 yoshli I.T. Ular Qo‘shrabot tumani “Mayintepa” qishlog‘ida istiqomat qilib kelgan.

Manba:Daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News