
- 6
- 26.09.2023 11:29:00
Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini taqiqlashi O‘zbekiston bozoriga hech qanday taʼsir ko‘rsatmaydi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Qirg‘izistonda bug‘doy uni va oziq-ovqat bug‘doyi donining eksportiga olti oy muddatga taqiq joriy etilmoqda. Masʼullarning taʼkidlashicha, mazkur qaror oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxlarini barqarorlashtirish maqsadida qabul qiligan. Hujjat 25-sentyabrdan kuchga kirgan.
Qirg‘iziston O‘zbekistonning bug‘doq va don masalalaridagi asosiy importyori emas.
“Aslida ko‘p mamlakatlar bu kabi usulni qo‘llash orqali, o‘z mamlakatlaridagi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va yangi hosil yetishguniga qadar balans saqlashga harakat qilishadi. Qirg‘izistonning bug‘doy va don mahsulotlari O‘zbekiston bozoridagi eksport ulushi deyarli salmog‘i kam bo‘lgani uchun, bozor va undagi narx-navo tebranmasiga salbiy taʼsir o‘tkazmaydi, deb hisoblash mumkin”, – deyiladi vazirlik izohida.
Qo‘shimcha qilinishicha, o‘tgan 8 oy davomida Qirg‘izistondan jami 1,5 ming tonna bug‘doy O‘zbekistonga import qilingan.
manba: daryo.uz





