
- 2
- 07.10.2023 12:53:00
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika bog‘i bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog‘ining istirohat bog‘lari qatorida Toshkent shahar hokimligi huzurida tashkil etilishi rejalashtirilgan Istirohat bog‘lari Direksiyasiga o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasini salbiy ruhda qabul qildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mas’ul ijrochisi bilan bog‘landi va Botanika bog‘ini ro‘yhatdan chiqarib tashlash lozimligini ta’kidladi.
Fanlar akademiyasining mutahassislari tomonidan asosnoma tayyorlanib, o‘rnatilgan tartibga binoan belgilangan muddatdan chiqib ketmagan holda, project.gov.uz tizimi orqali Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasining 1-ilovasi 193-tartib raqam bilan kelgan “Botanika bog‘i”ni ro‘yxatdan chiqarib tashlash qat’iy talab qilindi. Fanlar akademiyasi Axborot xizmati