
- 9
- 07.03.2023 17:16:00
Bugun Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 final javob o‘yinlari boshlanadi
Bugun Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 final javob o‘yinlari boshlanadi
Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonidagi minimum g‘alabasidan so‘ng “Chelsi” maydoni “Stemford Bridj”ga safar qiladi.
Qishki transferlarni “yondirgan” londonliklar Grem Potter murabbiyligida juda yomon harakat qilmoqda. Joriy yil 12 ta o‘yinda Potter jamoasi atigi 5 ta gol urgan bo‘lsa, bugun kamida 2 ta gol urishi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishi lozim bo‘ladi. “Borussiya” esa juda yaxshi formada.
Kunning ikkinchi bahsida “Benfika” o‘z uyida Belgiyaning “Bryugge” klubini qabul qiladi. Ilk bellashuvda portugaliyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
“Benfika” o‘zining 119 yillik tarixida birinchi marta ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqishi mumkin. Belgiya jamoasi esa keyingi bosqich uchun yana bir bor urinib ko‘radi.
🏆 YeChL.
01:00. “Chelsi” — “Borussiya”
01:00. “Benfika” — “Bryugge”






