
- 1
- 17.07.2026 10:51:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Onix avtomobili va bir nechta YPX patrul mototsikllari ishtirokidagi YTH aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hodisa oqibatida bir nafar YPX xodimi vafot etganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 16-iyul kuni soat 18:30 atrofida “Do‘rmon yo‘li” ko‘chasida patrul mototsikllarida xizmat olib borayotgan uch nafar YPX inspektori “G‘azalkent” ko‘chasidan chorrahaga kirib kelgan Onix avtomobili bilan to‘qnashgan. Oqibatda patrul mototsiklini boshqarayotgan YPX xodimlaridan biri voqea joyida halok bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovoldi surishtiruvi olib borilmoqda.