Ufada o‘smir chet ellik talabalar yashaydigan yotoqxonaga hujum qildi

Ufada o‘smir chet ellik talabalar yashaydigan yotoqxonaga hujum qildi
  • 0
  • 09.02.2026 15:29:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Ufa shahrida 15 yoshli o‘smir Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti yotoqxonasida hujum uyushtirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi avval petarda portlatib, so‘ng odamlarni pichoqlagan. Hodisa oqibatida to‘rt nafar hindistonlik talaba (21–24 yosh), ikki politsiyachi va bir nafar voyaga yetmagan shaxs jarohatlanib shifoxonaga yotqizilgan. Guvohlar hujumchi irqchilik va millatchilik shiorlarini baqirganini bildirgan. Yotoqxonada asosan Hindiston va Afrika davlatlaridan kelgan talabalar yashaydi. Hujumchi keyin o‘ziga ham jarohat yetkazgan va og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News