
- 1
- 18.12.2024 13:36:00
Ilk marotaba Toshkent metropoliteni bir kunda 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
16-dekabr kuni Toshkent metropoliteni ilk bor 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Metropoliten axborot xizmati ma’lum qilishicha, millioninchi yo‘lovchi poytaxtda yashovchi Kozim Sohibov bo‘ldi. Millioninchi yo‘lovchi sifatida unga esdalik sovg‘asi va bir yil davomida Toshkent jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasi topshirildi.