
- 6
- 23.05.2023 17:50:00
Tabule Salati
Anor va barra ko‘katlardan tayyorlangan salatning ajoyib uyg‘unligidan hayratga tushdik hamda “Tabule” salati retseptini siz bilan bo‘lishishga qaror qildik. 🤭
🧅 Masalliqlar:
1 stakan mayda bulg‘or
1 yarim choy qoshiq issiq suv
1 ta limon
1 bog‘ yalpiz
1 bog‘ petrushka
1 choy qoshiq zaytun yog‘i
6 dona ko‘kpiyoz
2 dona pomidor
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq anor siropi
1 dona kichik anor
1 ta bodring
👨🏻🍳 Tayyorlanish uslubi:
- Chuqur idishga bulg‘or, issiq suv, limon suvi, zaytun yog‘i, tuz solib aralashtiramiz.
- Petrushkani yaxshilab yuvib, quritib olamiz va bulg‘ordek maydalab to‘g‘raymiz.
- Piyoz va yangi yalpiz barglarini ham iloji boricha maydalab to‘g‘raymiz.
- Pomidorning po‘stlog‘ini suvi va urug‘idan tozalab olamiz. Go‘shtli qattiq qismini esa yuqoridagi mahsulotlar kabi mayda kubik qilib to‘g‘raymiz.
- Barcha to‘g‘ralgan mahsulotlarni bulg‘orli idishga solib, dasturxonga tortishdan avval pastdan yuqoriga aralashtirib tortamiz.
🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif
Salatga xohishingizga qarab biroz limon suvi va zaytun yog‘i hamda anor donalarini qo‘shsangiz salat yanada mazali va albatta chiroyli bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha 🤤





