AQSHda jarroh bemorning talog‘i o‘rniga jigarini olib tashladi, bemor vafot etdi

AQSHda jarroh bemorning talog‘i o‘rniga jigarini olib tashladi, bemor vafot etdi
  • 0
  • 12.05.2026 17:28:00
  • 1 daq o'qish

AQSHning Florida shtatida jarroh operatsiya vaqtida bemorning qora talog‘i o‘rniga jigarini olib tashladi. Hodisa oqibatida 70 yoshli bemor vafot etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bemor kuchli qorin og‘rig‘i sabab shifoxonaga murojaat qilgan. Operatsiya paytida esa shifokor noto‘g‘ri organni olib tashlagan. Shifokor suddagi ko‘rsatmasida operatsiya vaqtida kuchli qon ketishi yuz bergani, qon to‘xtatishga urinayotganda organlarni adashtirib yuborganini bildirgan.
Hozirda shifokorga nisbatan tibbiy ehtiyotsizlik va dalillarni yashirishga urinish bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News