Toshkentda o‘quvchi otasining mashinasida YTHga uchradi

Toshkentda o‘quvchi otasining mashinasida YTHga uchradi
  • 2
  • 16.06.2026 10:21:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahrida 9-sinfni bitirgan o‘quvchi otasiga tegishli BYD avtomobilini boshqarib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi.
Ma’lum qilinishicha, 15-iyun kuni tongda ikki nafar sinfdosh davlat raqami yechilgan avtomobilda harakatlanib ketayotib, tajribasizlik oqibatida Yutong rusumli yo‘lovchi avtobusining orqa qismiga urilgan. Hodisa vaqtida avtobus ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan. YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Holat yuzasidan avtomobilni hujjatsiz boshqarishga yo‘l qo‘ygan o‘quvchining otasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News