- 1
- 11.02.2025 08:26:00
Toshkentliklarni haqoratlagan talaba qiz 10 sutkaga qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda talaba qiz taksi haydovchisidan norozi bo‘lib, toshkentliklarni haqoratlagani aks etgan video tarqaldi. Taksichi qizni toshkentlik emasligini kesatgani uchun qiz o‘z Instagram’ida barcha toshkentliklarni qo‘pol so‘zlar bilan so‘kkan. Ushbu holat mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqilib, 25 yoshli surxondaryolik qiz 10 sutkaga qamaldi. Qiz sudda ushbu harakatlarini jaxl ustida va tez-tez ruhiy tushkunlikka tushgani sabab qilganini aytib, uzr so‘ragan.