
- 0
- 18.05.2026 15:48:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda kuchli shamol oqibatida bolalar o‘ynaydigan batutlar ag‘darilib, uchib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida 17-may kuni sodir bo‘lgan.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q. Vaziyat nazoratga olingan bo‘lib, oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.