
- 5
- 24.08.2024 14:02:00
Volgograddagi koloniyada shturm
23-avgust kuni Rossiyaning Volgograd oblastidagi 19-sonli koloniyada mahbuslar “Krokus Siti Holl”dagi terakt bo‘yicha qo‘lga olingan “musulmon birodarlari” uchun qasos olish maqsadida shturm o‘tkazdi. IShID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan mahbuslar shu kuni koloniya xodimlarini garovga olgandi. Hodisa oqibatida jami sakkiz kishi halok bo‘lgan.
Shturmda asli o‘zbekistonlik va tojikistonlik bo‘lgan to‘rt kishi ishtirok etgan: 28 yoshli Ramzindin Toshev va Nazirjon Toshov, 23 yoshli Rustamjon Navro‘ziy va 29 yoshli Temur Husinov. Qo‘lga olingan mahbuslar yo‘q qilingan.