- 5
- 15.04.2023 14:32:00
🏛Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi
Ushbu muzey O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining yirik ilmiy tekshirish va madaniy-ma’rifiy muassasalaridan biridir. 1876-yilda Toshkent muzeyi nomi ostida tashkil etilgan. Muzey O‘zbekiston va O‘rta Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy obidalarini saqlash va o‘rganish bo‘iicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi. Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, san’at va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi.
Siz ushbu muzeyga tashrif buyurganmsiz?





