
- 5
- 02.04.2026 17:15:00
- 1 daq o'qish
Prezidentning “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarori bilan 1-apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga o‘tkazildi.
Unga ko‘ra:
🔹 Tibbiyot xodimlarining haftalik ish vaqti 36 soatdan oshmaydi;
🔹 Zararli, xavfli sharoit va yuqori ruhiy zo‘riqishli ishlar uchun ham 36 soatdan oshmaydi;
🔹 Notibbiy xodimlar uchun ish vaqti 40 soatni tashkil etadi.
Poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlari:
Dushanba–Juma: 08:00–20:00
Shanba: 08:00–14:00 (navbatchilik)
Yangi tibbiyot modeli hududlarida:
Asosiy ish vaqti: 08:00–16:00
Qo‘shimcha navbatchilik: 16:00–20:00
Statsionarlarda navbatchilik doimiy, smena va navbatchilik adolatli taqsimlanadi. Ish haqi saqlanadi, kamaytirilmaydi, ichki hujjatlar va mehnat shartnomalari qayta rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, “Eng yaxshi shifokor”, “Eng yaxshi shifoxona” va boshqa nominatsiyalar o‘tkazish tashkil qilinib, g‘oliblariga 30 million so‘mgacha, eng yaxshi tibbiyot muassasalariga esa 500 million so‘mgacha pul mukofoti beriladi.