• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Oq uydan yulduzli selfi

Oq uydan yulduzli selfi
  • 11
  • 19.11.2025 14:12:00

Oq uydan yulduzli selfi

“Al-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu Oq uydagi tantanali kechki ovqatda maxsus mehmon sifatida qatnashdi. Tadbir Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon tashrifi munosabati bilan tashkil etildi. Aytilishicha, Ronaldu AQSH prezidenti Donald Tramp oilasi bilan tanishgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning 19 yoshli o‘g‘li Berron uzoq vaqtdan beri Krishtianuga muxlis va shaxsiy uchrashuvdan hayratda qolgan. “Berron va Krishtianu tanishib oldi. Endi o‘g‘lim otasini biroz ko‘proq hurmat qilayotgandek, chunki men ularni tanishtirdim,” — deydi Tramp. Kechki ziyofatda shuningdek FIFA prezidenti Janni Infantino, Amazon asoschisi Jeff Bezos va tadbirkor Ilon Mask ham qatnashgan. Avvalroq, Ronaldu intervyusida Trampdan ham mashhurroq ekanligini aytib, Tramp bilan uchrashishni, unga o‘zaro umumiy jihati borligini aytishini bildirgandi.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News