O‘zbekistonda shovqin qilish taqiqlangan vaqt belgilandi

O‘zbekistonda shovqin qilish taqiqlangan vaqt belgilandi
  • 2
  • 11.09.2026 10:27:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda fuqarolarni shovqin bilan bezovta qilish taqiqlangan vaqt belgilandi. Bu haqda 9-sentyabr kuni qabul qilingan “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan.
Unga ko‘ra:

🔹Ish kunlari — soat 23:00 dan 07:00 gacha;
🔹Dam olish va bayram kunlari — soat 22:00 dan 09:00 gacha fuqarolarning osoyishtaligini buzadigan shovqinga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bu talab turar joylardagi maishiy shovqin, qurilish ishlari, qurilish texnikasi va transport vositalari shovqiniga ham taalluqli.
Shovqin me’yoridan oshib, fuqarolarning osoyishtaligiga zarar yetkazilgan taqdirda, sud orqali kompensatsiya undirilishi mumkin. Qonun rasmiy e’lon qilinganidan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News