O‘zbekiston JCH-2026 ishtirok etishi sharafiga maxsus tangalar chiqariladi

O‘zbekiston JCH-2026 ishtirok etishi sharafiga maxsus tangalar chiqariladi
  • 2
  • 18.06.2026 10:51:00
  • 1 daq o'qish

Markaziy bank O‘zbekistonning JCH-2026 ishtirokiga bag‘ishlangan cheklangan miqdordagi esdalik tangalarni muomalaga chiqarmoqda. 18-iyundan boshlab 999,9 asllikdagi 100 dona oltin va 1000 dona kumush tanga tijorat banklari filiallarida sotuvga qo‘yiladi. Tangalar dizaynida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi logotipi, “Tarixiy zafar. O‘zbekiston futboli jahon chempionatida — 2026” yozuvi hamda terma jamoaning “Oq bo‘rilar” ramzi aks ettirilgan. 31,1 grammli oltin tanganing narxi 54,56 mln so‘m, kumush tanganiki esa 1,69 mln so‘m etib belgilangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News