
- 2
- 16.12.2024 14:20:00
Janubiy Koreya
❗️ 🇰🇷 Janubiy Koreya parlamentida prezident Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish masalasi bir hafta ichida ikkinchi marta ovozga qo‘yilib, 204 deputatning ma’qullashi, 85 a’zoning qarshi ovoz berishi bilan prezident o‘z lavozimiga noloyiq deb topildi. Yun davlatga xiyonat va isyonda ayblanib tergov qilinmoqda.
Agar Konstitutsiyaviy sud Yunning impichmentini tasdiqlasa, mamlakatda keyingi 60 kun ichida yangi prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. Konstitutsiyaviy sud parlament qarorini qo‘llab-quvvatlamasa, Yun o‘z lavozimiga qayta tiklanadi. Shu bilan birga, jamoatchilik noroziligi kuchayib borayotgan bir paytda prezident o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqishi ham mumkin.