Janubiy Koreyada yomg‘ir mavsumidan tashqari holatda ham kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatilmoqda

Janubiy Koreyada yomg‘ir mavsumidan tashqari holatda ham kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatilmoqda
  • 2
  • 19.07.2025 10:44:00
  • 1 daq o'qish

Janubiy Koreyada yomg‘ir mavsumidan tashqari holatda ham kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatilmoqda. Buning oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan va 1300 dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. Halok bo‘lganlarning 2 nafari 80 yoshdan oshgan erkak kishi ekanligi aytilmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab bir necha kishi tan jarohati olgan. Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan biri – mamlakatning g‘arbiy qismida joylashgan Sosan shahri bo‘lib, u yerda yarim kun ichida 400 mm dan ortiq yomg‘ir yoqqan. Meteorologlar bu hodisani “asrda bir marta bo‘ladigan” deb baholashmoqda.
Meteorologik xizmatlar kuchli yomg‘irlar shimoldan kelgan quruq havo janubdagi issiq va nam havo bilan to‘qnashuvi oqibatida yuzaga kelganini bildirdi. Shu bilan birga yaqin kunlarda ob-havoning keskin isib ketishi mumkinligi ham aytib o‘tilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News