- 2
- 03.10.2023 08:38:00
Qovoqli somsa
Qovoq mavsumidan foydalanib, vitaminlarga boy somsa tayyorlaymiz.Yaqinlaringiz bilan ulashishni unutmang☺️
🧅Masalliqlar:
Un 1kg;
Piyoz 3dona;
Qovoq;
Dumba yog‘ 200 gr;
Suv 500 gr;
Margarin 200 gr;
Ta'bga ko‘ra tuz va ziravorlar;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Ishimizni xamir qorib olishdan boshlaymiz va xamirni 10 daqiqaga muzlatgichga qo‘yamiz.
Piyoz va dumba yog‘ni maydalab to‘g‘rab olamiz.
Qovoqlarni tozalab, qirg‘ichdan chiqarib olamiz, tuz va ziravorlar solib aralashtiramiz.
Muzlatgichdan xamirlarni olib, yupqa qilib yoyib, ichiga yog‘ surib o‘rab, bo‘laklar bo‘lib chiqamiz.
Bo‘laklarga bo‘lgan xamirlarni yoyib chiqib qovoqli masalliqlarni solib, tugib chiqamiz.
Somsaga tuxumni sarig‘ini surtib, ustidan kunjut sepamiz va 45 daqiqaga 180 gradusga duxovkaga qo‘yamiz.
Somlarimiz tayyor, sous bilan birga dasturxonga tortishingiz mumkin🤗
Yoqimli ishtaha😋