• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Toshkentda ayrim ko‘chalar uch kunga yopiladi

Toshkentda ayrim ko‘chalar uch kunga yopiladi
  • 0
  • 25.08.2023 13:13:00

Toshkentda ayrim ko‘chalar uch kunga yopiladi

Toshkentda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi sabab ayrim ko‘chalar yopiladi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

  • 31-avgust kuni soat 10:00 dan 3-sentabr kuni soat 10:00 gacha: Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha.
  • 3-sentabr kuni soat 05:00 dan 09:00 gacha Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab, Rim-Katolik cherkovigacha.                                     

Toshkent shahar hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etdi.

manba:daryo.uz

 

                   

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News