Solovyov Italiya bosh vazirini haqoratladi

Solovyov Italiya bosh vazirini haqoratladi
  • 0
  • 23.04.2026 13:10:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Italiya bosh vaziri Jorja Meloni haqida haqoratli so‘zlar aytgani ortidan diplomatik mojaro yuzaga keldi. U Bosh vazirni fashizmda ayblagan, “ahmoq Meloni” deb atagan va saylovchilariga xiyonat qilganini ta’kidlagan.

Italiya tashqi ishlar vazirligi bu bayonotlarga norozilik bildirib, Rossiya elchisini TIVga chaqirdi va rasmiy protest bildirdi. Italiya prezidenti va bir qator siyosatchilar ham bosh vazirni qo‘llab-quvvatladi. Rossiya elchisi esa Solovyovning shaxsiy so‘zlari davlat pozitsiyasi emasligini aytgan.

Bu Solovyovning birinchi marta “sayrashi” emas. U avvalroq Moskvani Markaziy Osiyo va Armanistonda Ukrainadagi kabi “maxsus harbiy amaliyot” o‘tkazishga chaqirgan bayonotlari bilan ham jamoatchilikda keskin norozilik uyg‘otgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News