Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqi bekor qilindi

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqi bekor qilindi
  • 1
  • 15.08.2026 14:18:00
  • 1 daq o'qish

Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi 15 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunning asosiy qismini Konstitutsiyaga zid deb topdi.
Kengashning fikricha, bunday umumiy taqiq fikr bildirish va muloqot erkinligini haddan tashqari cheklaydi. Shuningdek, qonunda bolalarning yoshi, yetuklik darajasi va oilaviy sharoiti hisobga olinmagani ham qayd etilgan.
Mazkur qonun iyul oyida parlament tomonidan qabul qilingan va 1-sentabrdan kuchga kirishi rejalashtirilgan edi.
Prezident Emmanuel Makron esa tashabbusdan voz kechmasligini bildirdi. U yangi qonun loyihasini tayyorlashni topshirdi va 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni 2027-yil bahorigacha boshqa huquqiy shaklda cheklash niyatida ekanini aytdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News