
- 2
- 18.08.2026 16:15:00
- 1 daq o'qish
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Xorazmda tadbirkorlar bilan uchrashuvda biznesga ma’muriy bosimni kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Unga ko‘ra, kichik biznesni inson salomatligi va boshqa tadbirkorlar manfaatlariga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha tekshirishga uch yil muddatga moratoriy joriy etiladi. Prezident tadbirkorlarni doimiy tekshirish o‘rniga ularga qonuniy ishlash bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish kerakligini ta’kidladi.
“Xotirjamlik bo‘lmagan joyda erkinlik ham, rivojlanish va yangilikka intilish ham bo‘lmaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, o‘rta va yirik biznes vakillari ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tsa, uning xulosasi soliq organlari tomonidan tan olinadi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi. Bir yil ichida takroriy tekshiruvlar esa faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi.