Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi
  • 0
  • 04.06.2026 13:36:00
  • 1 daq o'qish

Prezident joriy yilning 4-iyun kuni Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonning 2027–2028-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzosi etib saylangani munosabati bilan Sadir Japarovni va qardosh qirgʻiz xalqini tabrikladi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari yuqori bosqichga koʻtarilgani qayd etildi. Shuningdek, iqtisodiyot, transport, energetika va madaniy-gumanitar sohalarda ilgari erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari xalqaro maydonda oʻzaro hamkorlik va qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News