
- 5
- 03.11.2023 12:37:00
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida nutq so‘zladi va “Turk dunyosining oliy ordeni” bilan taqdirlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida so‘zga chiqib nutq so‘zladi. Mirziyoyev o‘z nutqida bir qator muhim takliflar kiritdi.
Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishni susaytirmaslik kerakligi va Afg‘onistondagi barqaror vaziyat butun mintaqa uchun muhim ekanini ta'kidladi. Undan tashaqari yurtimiz rahbari temiryo‘l idoralari kengashini ta’sis etishni va bu tuzilmaning direksiyasini O‘zbekistonda joylashtirishni va Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqishni ham taklif etdi. Shavkat Mirziyoyev turkiy dunyo birligini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev taklifiga binoan “Turk dunyosining oliy ordeni” bilan taqdirlandi.





