
- 3
- 05.02.2026 15:40:00
- 1 daq o'qish
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-fevral kuni davlat tashrifi bilan Islomobodga yetib keldi. Pokiston havo hududida oliy martabali mehmon samolyotiga qiruvchi uchoqlar hamrohlik qildi. “Nurxon” aeroportida davlat rahbarini Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy, bosh vazir Shahboz Sharif va rasmiylar kutib oldi. Bugun Mirziyoyev feldmarshal Asim Munir va bosh vazir Shahboz Sharif bilan muzokaralar olib boradi hamda Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishida ishtirok etadi. 6-fevral kuni esa prezident Asif Ali Zardoriy bilan uchrashuv va O‘zbekiston—Pokiston biznes forumida qatnashishi rejalashtirilgan.