
- 0
- 25.09.2025 08:01:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyev AQSHga amaliy tashrifi doirasida bu yerda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlar hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda vatandoshlar ishtirokida “Xalqaro biznes marafoni”ni boshlash masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbari yoshlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidlab, bildirilgan takliflar amaliyotga tatbiq etilishini ma’lum qildi. Ishtirokchilar esa yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.