• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Shavkat Mirziyoyev: “2024-yildan Bekobod, Xo‘jakent va Angren yo‘nalishlarini poytaxt bilan bog‘laydigan 10 ta elektropoyezd yo‘lga qo‘yiladi”

Shavkat Mirziyoyev: “2024-yildan Bekobod, Xo‘jakent va Angren yo‘nalishlarini poytaxt bilan bog‘laydigan 10 ta elektropoyezd yo‘lga qo‘yiladi”
  • 1
  • 07.07.2023 11:41:00

Shavkat Mirziyoyev: “2024-yildan Bekobod, Xo‘jakent va Angren yo‘nalishlarini poytaxt bilan bog‘laydigan 10 ta elektropoyezd yo‘lga qo‘yiladi”

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda 2030-yilga qadar viloyatdagi 350 dan ziyod mahallada 4 ming kilometr ichki yo‘llar va 100 dan ziyod ko‘priklar qurilishi hamda ta’mirlanishini aytdi.

“Uzunligi 5 100 kilometr bo‘lgan elektr tarmoqlari va 1 400 ta transformator yangilanadi. Buning hisobiga, 250 ming aholi xonadonida elektr ta’minoti yaxshilanadi. Bundan tashqari, 5 200 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i, 750 kilometr oqova tarmoqlarini qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Natijada, 100 ming aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan tarmoqlar orqali ichimlik suvi kirib boradi, 800 ming aholining suv ta’minoti yaxshilanadi”, – dedi nomzod.

Shavkat Mirziyoyev odamlarning uzog‘ini yaqin qilish, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida elektropoyezdlar to‘liq yangilanishini aytdi.

Jumladan, 2024-yildan Bekobod, Xo‘jakent va Angren yo‘nalishlarini poytaxt bilan bog‘laydigan 10 ta elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News