
- 6
- 01.08.2024 16:49:00
Shahram G‘iyosov professional boksdagi 16-jangida ham g‘alaba qozondi
AQShda “Riyadh Season" musobaqalar turkumi doirasida professional boks oqshomida Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini o‘tkazdi va professional boksdagi o‘n oltinchi g‘alabasini tantana qildi. Ushbu jangda hamyurtimizga meksikalik Migel Perra raqiblik qildi.
31 yoshli professional bokschi to‘liq 10 raundlik jang o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozondi.





