Sergeli mashina bozori, “Farhadskiy”, “O‘rikzor” va “Qo‘yliq” bozorlari sotuvga qo‘yildi

Sergeli mashina bozori, “Farhadskiy”, “O‘rikzor” va “Qo‘yliq” bozorlari sotuvga qo‘yildi
  • 0
  • 30.07.2026 18:53:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentdagi 35 ta bozor va savdo kompleksi ommaviy savdoga chiqariladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent shahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, poytaxtdagi 35 ta bozor va savdo kompleksi hamda ularning shoxobchalari ommaviy savdolarga chiqariladi.

Qarorga ko‘ra, savdolarda buyurtmachi sifatida “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ ishtirok etadi. Kompaniya har bir obyekt bo‘yicha tayyor biznes loyihasini ishlab chiqadi va shu asosda obyektlar sotuvga qo‘yiladi. Shuningdek, bozorlar hududida zamonaviy ekobozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, ko‘ngilochar majmualar hamda ko‘p qavatli avtoturargohlar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News