
- 2
- 07.06.2023 12:31:00
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish faoliyati va ko‘rsatilayotgan transport xizmatlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarori loyihasi e’lon qilindi.
Toshkent shahrining Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalarida tezkor avtobuslar harakatlanishi uchun alohida ajratilgan avtobus yo‘lagini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Ushbu ko‘chalarda joylashgan chorrahalarda svetoforlar muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish va chorrahalarning geometrik parametrlarini o‘zgartirish orqali samaradorligini oshirish, yo‘nalishsiz taksi uchun yo‘lovchilarni tushirish/chiqarish maydonchalarini joriy etish, ehtiyojdan kelib chiqib, yo‘l-transport hodisalari tahlili asosida tartibga solingan piyodalar o‘tish yo‘laklarini joriy qilish va svetoforlarni muvofiqlashtirilgan tizimga integratsiya qilish, xavfsizlik orolchalarini joriy etish, jamoat transporti infratuzilmasi obektlarini talab va ehtiyojdan kelib chiqqan xolda rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish ham nazarda tutilgan.
Loyiha amalga oshishi natijasida prezidentning 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi ta’minlanadi hamda Toshkent shahrining Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalarida tezkor avtobuslar harakatlanishi uchun alohida ajratilgan avtobus yo‘lagi tashkil etish va chorrahalarni geometrik parametrlariga o‘zgartirish kiritgan holda rekonstruksiya qilish natijasida avtobus harakat tezligini oshirishga va yo‘llarda transport vositalari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga erishiladi.
Manba: kun.uz