
- 7
- 13.03.2023 13:07:00
Yarim final. “Humo” xokkey klubidan ajoyib kambek!
Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston ochiq chempionati pley-offidan o‘rin olgan “Humo” - “Beybaris” ikkinchi o‘yinida O‘zbekiston jamoasi irodali tarzda g‘alaba qozondi.
Uchrashuv 3:1 hisobida hamyurtlarimiz foydasiga yakunlandi. Bu jamoalar uchun pley-off doirasidagi ikkinchi o‘yin hisoblanadi. Uchrashuvlar to‘rttadan yettitagacha davom etishi mumkin. Ushbu o‘yindan so‘ng seriyadagi hisob 1:1 ga yetdi.
Qozog‘iston ochiq chempionati. Pley-Off, 1/2 final bosqichi, 2-o‘yin
“Humo” - “Beybaris” 3:1 (0:0, 2:1, 1:0)





